First Development Group - Blog

FDG kompaniyasidan Manhattan turar joy majmuasi - poytaxtning markazidagi hamyonbop xashamat

FDG kompaniyasidan Manhattan turar joy majmuasi – poytaxtning markazidagi hamyonbop xashamat.


Hayot uchun xonadon tanlar ekansiz, barchasi uyg’unlikda mujassam bo’lishini istaysiz – uy joyning sifati ham, kvadrat metrlar soni ham, va bularning barchasi markazga yaqin bo’lishi kerak. Siz ayni paytda tanlov oldid turgan bo’lib, yuqorida aytib o’tilganlar siz uchun dolzarb bo’lsa, unda FDG kompaniyasidan Manhattan yangi turar joy majmuasiga yaqindan nazar tashlashingizni tavsiya qilamiz.


Manhattan KTJM — First Development Group kompaniaysining keng ko’lamli loyihasi. U poytaxt markazida, barchaga tanish bo’lgan Darhon tumanida joylashgan.
Ishonch bilan aytish mumkinki, ushbu loyiha o’ziga xos bo’lib, unga o’hshashlari O’zbekistonda hali bo’lmagan. O’zbekistonlik ko’plab mashhurlar savdo ofisining ilk ochilish kunidanoq loyihaga qiziqish bildirganlari bejiz emas.


Xo’sh, u Toshkentning aksariyat yangi qurilgan binolari orasida nimaga ajralib turar ekan?

Birinchi navbatda, bu uning tshqi ko’rinishi. Shahar jadal sur’atlarda o’zgarib bormoqda va biz har kuni me’morchilik jihatdan qiziqarli yoki noan’anaviy bo’lgan binolarni ko’rmoqdamiz. Manhattan ko’p tarmoqli turar joy majmuasi ham – ulardan bittasi. Loyihaning asosi qilib hech qachon uhlamaydigan shahar ruxi olingan.
«Biz xashamatli Nyu-Yorkning ajralib turadigan muhitini yaratishga harakat qildik. Yangi faol mavze, o’z vaqtini qadrlaydigan va barcha narsada qulaylik xohlaydigan faol va ishbilarmon insonlarga yoqishi aniq. Bugun bizning imkoniyatlarimiz cheklanmagan va biz bo’lajak xaridorlarga yanada ko’prog’ini taklif qilishimiz mumkin. Bizning fikrimizcha, o’ziga xos yorqin makon – yangi avlod o’zbekistonliklarga kerak bo’lgan ayni muddao», — deb gapiradi loyiha haqida FDG kompaniyasining bosh direktori Oybek Shodiyev.


2020 yilda kompaniya fasadning katta taassurot qoldiradigan ko’rinishini, yaqinda esa Manhanttan KTJM savdo ofisida majmuaning batafsil detallarda ishlab chiqilgan maketini taqdim etdi – joylashgan manziliga o’tish uchun havola saytda keltirilgan.
Osmono’par binoning taniladigan qismi bo’lib uning uchburchak shakli bo’ladi, u Nyu-Yorkning mashhur ramzi – “Flatiron Building” dazmol-bino uslubida loyihalashtirilgan.



Fasadning qoplanishi sifatida premial darajali qurilish materiali LAMINAM (laminam) qo’llaniladi – bu mavjud bo’lganlar orasida eng ingichka keramik qoplama bo’lib, uning foydalanish xususiyatlari nihoyatda yuqori. Kechki paytda turar joy majmuasi kunduzi bo’lganidek, jozibador bo’lib qoladi, fasadining o’ziga xos uslubda yoritilishi hamda baland binoni har hil qavatlarda bezab turuvchi oltin hykallar tufayli o’zgacha maftukorlikka ega bo’ladi.


Loyihaning ikkinchi so’zsiz afzalligi bo’lib uning joylashishi hisoblanadi. Biznes-klass turidagi Manhattan turar joy majmuasi poytaxtning yuragi bo’lgan – Darhonda joylashgan. Aniqrog’i esa, Maxatma Gandi va Asaka ko’chalarining chorrahasida, barchaga tanish bo’lgan Central Park shahar ko’ngilochar parkining yonida va Hamid Olimjon nomli metro bekatidan besh daqiqalik yo’l masofasida. Darhon Toshkentning nufuzli tumani bo’lib hisoblanadi va bu asossiz emas: bu yerda zamonaviy hayot jo’shqinligi va tarixiy mohiyat o’zaro bog’langan. Majmuaning qulay joylashganligi asosiy sport va madaniy ob’yektlarigacha tezda yetib borish imkoniyatini ta’minlaydi. Tuman hududida 15 dan ortiq davlat va ijtimoiy muassasalar mavjud – maktablar, bolalar bog’chalari, kasalxonalar va boshqa kerakli ob’yektlar.
Bu yerda bo’lajak yashovchilar uchun derazalardan butun shahar va nihoyatda go’zal shahar manzaralari huddi kaftdagidek ochiladi.


Turar joy majmuasining infratuzilmasi barcha uchun mos yechimlarga ega – ish uchun keng ofislar, seminarlar va ish doirasida uchrashuvlar o’tkazish uchun kovorking-hududlar, sizning sheriklaringiz yoki yaqinlaringiz to’htashi mumkin bo’lgan yuqori darajali mehmonxona, ikki qavatli avtoturargoh, bolalar maydonchasi, spa muolajalari, fitness-markaz, ko’plab marketlar va butiklar, va hattoki tantanalar zali. Kerakli barchasining bitta joyda mujassam bo’lganligi hayotingiz yanada qulay bo’lishini ta’minlaydi va qimmatbaho vaqtingizni tejashga yordam beradi.


Manhattan KTJMda xonadon xarid qilar ekansiz, siz, boshqa ishlarga zarar yetkazmagan holda, o’zingiz va bolalaringiz bilan ko’proq shug’ullanishingiz, biznes masalalarini yanada samarali hal qilishingiz va o’z yaqinlaringiz yoki do’stlaringiz bilan tez-tez muloqot qilishingiz mumkin.


Qaysi xonadonni tanlash va to’lov shartlari qanday?


Turar joy majmuasida siz o’zingiz va oilangiz yoki kelajagingizga investisiya qilishingiz uchun xonadon topishingiz mumkin. Bu yerda 30 ta turli hil tarhlar taqdim etilgan bo’lib, ularning barchasi insonning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yaratilgan. Agarda siz investisiyalarini kiritish uchun xonadon qidirayotgan ishbilarmon bo’lsangiz, unda sizga 1va 1,5 xonali xonadonlarning tarhlari to’g’ri keladi. Shaharning markazida qulay joylashganligi esa ijaraga bo’lgan yuqori talabni kafolatlaydi.
Bir nechta bolasi bor katta oila uchun esa 2, 3 yoki 4 xonali xonadonlar to’g’ri kelishi mumkin.


Prime fazali Manhattan KTJM — bu 7 ta yo’laki hamda 16 dan 25 gacha bo’lgan qavatlar. Uydagi minimal maydon 33 kv. m. dan, maksimal esa 120 dan boshlanadi.
Biznes-klass turidagi o’z xonadoningizning variantini 484 lotlar va 30 dan ortiq tarhlar orasлотов и более 30 вариантоidan tanlashingiz mumkin bo’ladi. Bunda kompaniya moslashuvchan to’lov shartlarini taklif qiladi, shuning uchun siz aynan sizga mos keladiganini tanlashingiz mumkin: xonadon qiymatidan 24% gacha tejash imkoniyati bilan 100% to’lov yoki 24 oyga muddatli to’lov.  


Bundan tashqari, First Development Group O’zbekistonda ilk marotaba o’z xaridorlari uchun “Moslashuvchan muddatli to’lov” yangi formatini joriy etib, bunda sizga orzu qilgan xonadoningizni rasmiylashtirish uchun birlamchi to’lovni qilishingiz yetarli bo’ladi.
Undan keyin esa, qulay oylik to’lovning miqdori individual tarzda hisoblab chiqiladi. Shuni eslash muhimki, qurilish bosqichidagi narxlar tayyor uyni foydalanish uchun topshirish paytdagiga qaraganda ancha pastroq bo’ladi.


FDG developerlik kompaniyasi 2017 yildan buyon O’zbekistonda faoliyat yuritib kelmoqda va bugungi kunda muvaffaqiyatli ravishda Toshkentda turar va biznes-ko’chmas mulkga oid beshta loyihani amalga oshirmoqda. Ushbu muddat davomida Parkent Plaza TJMga 178 oila ko’chib kirdi. O’tgan oyda esa Riverside TJM birinchi blokining yashovchilariga xonadonlarining kalitlari topshirildi.
Manhattan KTJMda ham, bo’lajak yashovchilar tez orada xonadonlariga ko’chib kirishlari uchun, qurilish ishlari hozir avjida.
Majmua haqida batafsil ma’lumotni savdo ofislarida yoki, kompaniyaning yagona call-markaziga qo’ng’iroq qilib olishingiz mumkin.


Savdo bo’limining telefoni: (+998) 78−150−55−11.
Sayt: manhattan.uz
Telegram: t.me/fdguz
Instagram: @manhattan.uz
Facebook: www.facebook.com/mht.fdg